Jo'qorg'i Kenges Raisi Bo'zatovda tadbirkorlarning biznes loyihalari bilan tanishdi
1185
Barchamizga ma'lum, joriy yilning 20-21 avgust kunlari Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning respublikamizga tashrifi davomida chorvachilikka ixtisoslashtirilgan Bo'zatov tumanini tashkil qilish bo'yicha bildirgan tashabbusini xalqimiz, ayniqsa, bo'zatovliklar cheksiz quvonch bilan kutib oldi.
Ana shundan buyon tumanda chin ma'noda rivojlanish va yangilanish davri boshlandi. Kelgusida tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash, shaharsozlik talablari asosida tuman qiyofasini tubdan o'zgartirish bo'yicha bir qator loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Joriy yilning 21 sentyabr kuni Bo'zatov tumanida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov rahbarligida uchrashuv o'tkazildi.
Tadbirda 50 dan ortiq tadbirkorlar va tijorat banklarning mutasaddi vakillari tumanni ijtimoiy-yiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadigan biznes loyihalari bilan qatnashdi.
Uchrashuv davomida 16 sanoat sohasida, 33 xizmat ko'rsatish sohasida, 13 qishloq xo'jaligi sohasida umumiy qiymati 54 mlrd.
607 mln. so'm bo'lgan, jami 62 loyihani amalga oshirish belgilab olindi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida jami
400 ga yaqin ish o'rinlarining yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tumanning zamonaviy qiyofasini yaratish, chorvachilikni rivojlantirish, ayniqsa chet davlatlardan nasilli mollarni olib kelish bo'yicha ham vazifalar belgilab olindi.