"TAZA QALA" LOYIHASIDA FAOL QATNAShGANLAR TAQDIRLANDI
2200
Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi oldida “Taza qala” yoshlar tashabbusi loyihasining yakuniga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Qahraman Sariev, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i Abat Daniyarov so'zga chiqdi va loyihada faol qatnashganlarni tabrikladi.
Loyiha doirasida faol qatnashganlarga bir qator nominatsiyalar bo'yicha diplom va esadlik sovg'alari topshirildi.
Tadbir san’at ustalari va yosh iste’dod egalari ijrosidagi kontsert dasturi bilan yakunlandi.











Manba: O'zbekiston yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi