Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
5112
22 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Majlisni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisining o'rinbosari A.Davletov ochdi va olib bordi.
Ta'kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimizning sh yil 26 mart kungi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida”qarorlari yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko'lami va miqyosini yanada kengaytirish, aholi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, ko'p millatli xalqimiz o'rtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni keng targ'ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo'llab-quvvatlash, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash, targ'ibot-tashviqot va tarbiya yo'nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo'yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, korruptsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyatini oshirish, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o'rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.
Majlisda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining madaniyat va ma'naviyat masalalari bo'yicha maslahatchisi G.Izentaeva, Qoraqalpog'iston Respubilkasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari M.Jumanov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri R.Reimov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi rahbari T.Atamuratov, Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov, studiyalarda Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov, Chimboy tumani hokimi A.Tajetdinov, Xo'jayli tumani hokimi J.Ermashev so'zga chiqib, Prezidentimiz qarorlarining mazmun-mohiyatini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, ularning ijrosini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berdi. Respublikamiz shahar va tumanlarida qaror ijrosi natijadorligini orttirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar va kelgusidagi vazifalar bo'yicha fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, Ma'naviyat va ma'rifat markazining hududiy bo'linmalari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlarda aniq natijalarga erishish bo'yicha chora-tadbirlarini belgilash, ularning maqsadli jamg'arma tomonidan ajratilayotgan mablag'lardan samarali foydalanish borasidagi masulyatini oshirish, joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarning maktablarda asosiy faoliyat yo'nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko'rsatish, ishlab chiqilgan maxsus metodika bo'yicha mahallalarda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida biriktirilgan professor-o'qituvchilar faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, “Har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida tarbiyasi og'ir, ma'naviy ko'makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlar bilan ish olib borish bo'yicha ta'sirchan usul va vositalar haqida tavsiyalar berish, korxona va tashkilotlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar uchun masullarga ishchi-xodimlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning o'ziga xos usullari bo'yicha seminar-treninglar tashkil etish, “Ma'rifat soati”ni o'tkazishda rahbarning mas’ulligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.










Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati