JO'QORG'I KENGES RAISI MAKTAB BITIRUVChILARINI TABRIKLADI
3663
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov poytaxtimizdagi 46-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o'tkazilgan so'nggi qo'ng'iroq tadbirida qatnashdi.
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda Jo'qorg'i Kenges Raisi 25 may – maktab bitiruvchilarining qadrdon maktabi, mehribon ustozlari bilan xayrlashib, hayotning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo'yadigan quvonchli kun bilan qalblari orzu-umidlarga, katta maqsadlarga to'la bitiruvchi yoshlarni, ularning ustozlari va ota-onalarini samimiy muborakbod etdi.
M.Kamalov Hurmatli Prezidentimiz mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o'g'il-qizlarga yo'llagan tabrigida “maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning cheksiz mehri va yuksak e’tiborini his qilib yashaydi. Sizlarning hayotda o'z munosib o'rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to'la safarbar etadi” deya katta e’tibor ko'rsatib, bitiruvchi yoshlarga yuksak ishonch bildirganligini ta'kidladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib baholash, yoshlarning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
46-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ana shunday e’tibordan unumli foydalanib, o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan 152 o'quvchi 11-sinfni bitirmoqda. Ular orasida 9 o'quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirdi, 12 o'quvchi muddatidan oldin AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, BAA, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning oliy o'quv yurtlariga kirdi.
Tadbirda so'nggi qo'ng'iroq chalindi. Maktab o'quvchilari ijrosidagi qo'shiq va raqslar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati