YuRTIMIZ TADBIRKORLARI BILAN UChRAShUV O'TKAZILDI
1953
Shu yilning 20 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o'tkazib, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator muhim vazifalar va rejalarga to'xtalib o'tgan edi.
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari A.Ikramov boshchiligida yurtimiz tadbirkorlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, shahar va tumanlarda tashkil etilgan studiyalarda o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Savdo-sanoat palatasi vakillari, Jo'qorg'i Kenges deputatlari, hukumat a'zolari, vazirliklar va hokimliklar, idora va tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar qatnashdi.
Uchrashuvni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov ochdi.
Ta'kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz uchrashuvda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini muhokama qilib, tadbirkorlarning takliflarini, ularning murojaat va muammolarini tingladi. Yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida bir qator hayotbaxsh reja va vazifalarni belgilab berdi.
Eng dolzarb muammolarni tizimlashtirib, ularni hal etishga qaratilgan 7 ta muhim yo'nalish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani, bu borada bir qator imkoniyatlar, qulayliklar yaratilishini ta'kidlagani tadbirkorlarning ertangi kuniga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi.
Ayniqsa, Qoraqalpog'istonda tadbirkorlar uchun sharoitlar yaratish borasidagi taklif va tashabbuslari tadbirkorlarni yanada ruhlantirib yubordi.
Uchrashuvni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A,Ikramov olib bordi.
Unda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida belgilab berilgan yo'nalishlar bo'yicha imkoniyatlarini ishga solib, o'z tadbirkorligini rivojlantirishni niyat qilgan bir qator tadbirkorlarimiz so'zga chiqib, o'z fikr va takliflarini bildirdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati