SOHA FIDOYILARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2770
1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq, bir guruh vatandoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar hamda ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida 30 sentyabr kuni mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo'ldi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov yig'ilganlarni 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan qizg'in muborakbod etdi.
Ta'kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, sohada ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ahamiyatli tomoni, o'qituvchilar va murabbiylar hamisha Prezidentimiz va davlatimiz e’tiborida bo'lib kelmoqda.
Bayram munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz yurtimizning yuksak mukofotlarini olishga muyassar bo'lgani ham ana shu e’tibor va g'amxo'rlik natijasidir.
Tadbirda faxriy unvonlar, orden va medallar, ko'krak nishonlari o'z egalariga topshirildi.
Mukofotlanganlar nomidan so'zga chiqqanlar mehnatlarini yuksak baholagani uchun respublikamiz rahbarlariga o'z minnatdorchiligini izhor qildi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ishtirok etdi.






Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati