QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESINING YIGIRMA IKKINChI SESSIYaSI TO'G'RISIDA AXBOROT
3034
6 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati a'zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo'qorg'i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.
Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov kirish so'z bilan ochdi va boshqarib bordi.
Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni «Firma nomlari to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo'yicha qo'mita raisi Z.Reymova bayonot qildi.
Bu masala bo'yicha 48-sonli “Jingishke” saylov okrugidan Jo'qorg'i Kenges deputati Sh.Otemisov so'zga chiqdi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Sessiyada «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida masala ko'rib chiqildi. Bu masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasi raisi D.Qurbaniyazov bayonot qildi.
Bu masala bo'yicha 61-sonli “Bozjap” saylov okrugidan Jo'qorg'i Kenges deputati B.Aytekov so'zga chiqdi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Sessiya kun tartibida «Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi raisini saylash to'g'risida»gi masala ko'rib chiqildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq, Nurlipesov Amir Otepovichni Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining raisi etib saylash to'g'risidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining taqdimnomasi deputatlar e’tiboriga havola qilindi.
Bu masala bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi – Nurlipesov Amir Otepovich Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining raisi lavozimiga saylandi.
Shuningdek, sessiyada «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida "Hududgazta'minot" aktsiyadorlik jamiyati "Hududgaz Qaraqalpaqstan" gaz ta'minoti filiali rahbarining hisoboti to'g'risida”, “Qoraqalpog'iston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo'yicha 2021 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'ining hisoboti to'g'risida”, “Aholi salomatligini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining hisoboti haqida”, “2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasida belgilangan vazifalarning 2019-2021 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisining axboroti haqida”, “Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi masalalar ko'rib chiqilib, bu bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.
Shu bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma ikkinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati
M.Habibullaev olgan suratlar