JO'QORG'I KENGES RAISI NURONIYLARNI TAQDIRLADI
2243
Yurtimizda “Keksalarni qadrlash, ularga hurmat-izzat ko'rsatish – xalqimizga xos ulug' fazilat” degan g'oyani o'zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” o'tkazilmoqda.
Haftalik davomida yurtimizdagi barcha nuroniylar, yolg'iz yashovchi, nogironligi bo'lgan keksalar, 100 yoshdan oshgan tabarruk nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari, saxovat va muruvvat uyida yashayotgan keksalar holidan xabar olinib, ularga e’tibor ko'rsatilib, turli madaniy, xayriya tadbirlari, uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
Haftalik doirasida 7 oktyabr kuni poytaxtimizda nuroniylar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Unda jamiyatimizning turli sohalarida mehnat qilgan, yurtimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan, bugungi kunda o'zining hayotiy tajribasini yoshlarga o'rgatib kelayotgan faol nuroniylarimiz va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining maxsus qaroriga muvofiq bir guruh nuroniylarimizni “Ardaqlы nuranыy” va “O'atan pidayыsы” ko'krak nishonlari bilan taqdirladi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston san’at ustalari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati