JO'QORG'I KENGES RAISI KASABA UYuShMALARI XODIMLARINI TABRIKLADI
1916
4 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida 11 noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog'iston Kengashi tomonidan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov, vazirlar va tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari, kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.
O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog'iston Kengashi raisi U.Jalmenov tadbirni kirish so'z bilan ochdi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov yig'ilganlarni O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan qizg'in tabrikladi va Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida kasaba uyushmalari xodimlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, faoliyatini takomillashtirishga e’tibor qaratilayotganini ta'kidladi.
2019 yil 6 dekabr kuni «Kasaba uyushmalari to'g'risida»gi, 2020 yil 23 noyabr kuni «O'zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilindi. Bu yangilik yurtimizdagi besh yarim milliondan ziyod kasaba uyushmalari a'zolari tomonidan yuksak ehtirom bilan kutib olindi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov 2021 yil davomida O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog'iston Kengashi tomonidan o'tkazilgan tanlovlar g'oliblarini taqdirladi.
Shuningdek, mehnat faxriylari va kasaba uyushmalari faollari O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni belgilanganining 1 yilligi munosabati bilan O'zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.
Tadbir Qoraqalpog'iston san’at ustalarining kontsert dasturi bilan davom etdi.








Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati