Jumladan, joriy yilning 17 sentyabr kuni Nukus shahrida yuqori darajada o'tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida ushbu san’at turi Markaziy Osiyo madaniyati tamaddunida katta ahamiyatga ega san’at yo'nalishi ekanligini xalqaro san’atshunoslar tomonidan e’tirof etilganligining guvohi bo'ldik. Bugun ana shu xalqaro festivalni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan, tinmay mehnat qilgan, o'z vazifasini yuksak mas’uliyat bilan, chin ko'ngildan ado etgan bir guruh tashkiliy guruh vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasi tomonidan «Watan pidayısı» (Vatan fidoyisi) ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro baxshichilik festivalini munosib tashkil etishda elkadosh bo'lgan qardosh qoraqalpoq xalqiga minnatdorchilik bildirib, bugungi mukofot ushbu san’at turiga bo'lgan e’tibor va uni rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissaning yorqin namunasi hisoblanishini ta'kidladi.

Qoraqalpog'iston xabar agentligi