JO'QORG'I KENGESDA QABUL
2417
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Murat Kamalov 25 noyabr kuni BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama, BMT Aholishunoslik jamg'armasining O'zbekistondagi vakili Yu Yuni qabul qildi.
Uchrashuvda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan tabriklab, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining farovon turmushini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda, ayniqsa, Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqqan ekologik vaziyatni yumshatish, aholi salomatligini saqlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga to'xtalib o'tib, bunda xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Aholishunoslik jamg'armasi hamda bir qator rivojlangan davlatlarning ko'rsatayotgan yordamini alohida ta'kidladi.
O'z navbatida mehmonlar samimiy qabul uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisiga minnatorlik bildirib o'tdi. Orolbo'yi mintaqasini, jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni qo'llab-quvvatlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga yanada ko'maklashish, o'zaro hamkorlik qilish va birgalikda loyihalarni amalga oshirish bo'yicha o'z fikr va takliflarini bildirdi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiining matbuot xizmati