JO'QORG'I KENGES RAISI NORVEGIYa ELChISINI QABUL QILDI
1259
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov 25 oktyabr kuni AQShning O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Djon Mikal Kvistadni qabul qildi.
Uchrashuvda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov mehmonni respublikamizga tashrifi bilan tabriklab, O'zbekiston va Norvegiya o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o'zaro hamkorlik natijasida yurtimizda bir qator loyihalar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Ayniqsa, rivojlantirishga xizmat qilib, bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar o'zining ijobiy natijalarini berayotganini ta'kidladi. Ayniqsa, Norvegiyaning BMTning Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'psheriklik Trast fondining ishini faoliyatini moliyalashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
O'z navbatida Norvegiyaning O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Djon Mikal Kvistad samimiy qabul uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisiga o'z minnatdorchiligini izhor qildi. So'nggi yillarda yurtimizda Orol dengizining qurishi bilan bog'liq ekologik vaziyatni bartaraf etish, Orolbo'yi mintaqasidagi aholi salomatligini mustahkamlash, farovon turmushini ta'minlash bo'yicha bir qator islohotlar amalga oshirilayotganina alohida to'xtaldi.
Qabulda kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati