Kam ta'minlangan oilalar davlat e’tiborida
1751
26 noyabr kuni Qanliko'l tumani “Qanliko'l” ovul fuqarolar yig'ini hududidagi 20 xonadonga mo'ljallangan turar joy o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Shu munosabat bilan o'tkazilgan tantanali marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov, “O'zbekneftgaz” AJ vakili O.Sagdiev, tuman hokimi A.Ibragimov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda kam ta'minlangan, o'zganing ko'magiga muhtoe oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta'kidladi.
Hududdagi qishloq shifokorlik poliklinikasining bo'sh turgan eski imoratini turar joyga moslashtirish maqsadida “O'zbekneftgaz” AJ mablag'lari hisobidan 1 milliard 620 million so'mdan ziyod mablag' evaziga rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.
Imorat 2 qavatli, 20 xonadonga mo'ljallangan bo'lib, barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Har bir xonadon zamonaviy isitish uskunalari bilan ta'minlangan.
Marosimda xonadonlar kalitlari o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Homiylar tomonidan oilalarga kundalikli maishiy texnikalar sovg'a qilindi.








Qanliko'l tumani hokimligi axborot xizmati