QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI JO'QORG'I KENGESINING YIGIRMA UChINChI SESSIYaSI TO'G'RISIDA AXBOROT
4539
30 noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati a'zolari, cektor va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo'qorg'i Kenges deputatlari shahar va tuman studiyalarida ishtirok etdi.
Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov kirish so'z bilan ochdi va boshqarib bordi.
Deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirda) loyihasi haqida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo'yicha qo'mita raisi Z.Reymova bayonot qildi.
Bu masala bo'yicha 26-sonli “Shabbaz” saylov okrugidan Jo'qorg'i Kenges deputati X.Eshimbetov so'zga chiqdi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Sessiyada «Qoraqalpog'iston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida masala ko'rib chiqildi. Bu masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining deputati V.Kalenova bayonot qildi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Shuningdek, sessiyada «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga doir Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining Mo'ynoq tumanidagi ijrosining holati haqida, Huquqbuzarlikning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hisoboti haqida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqilib, bu bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.
Shu bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma uchinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati