JO'QORG'I KENGES RAISI BMT MAXSUS MA’RUZAChISINI QABUL QILDI
2030
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov 2 dekabr kuni BMTning terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilish, asosiy erkinliklarini ilgari surish bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Fionulla Ni Aolaynni qabul qildi.
Uchrashuvda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov mehmonlarni Qoraqalpog'istonga tashrifi bilan tabriklab, so'nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan Yangi O'zbekistonda demkoratik islohotlarni amalga oshirish jarayonida eng avvalo inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, manfaatlarini ta'minlash, aholining fikr va dardlarini tinglash, muammolarini bartaraf etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.
O'z navbatida BMTning maxsus ma'ruzachisi Fionulla Ni Aolayn O'zbekistonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ayniqsa, yo'ldan adashgan, xorijiy davlatlarda huquqlari buzilgan insonlarni, bunda birinchi navbatda xotin-qizlar va bolalarni Vatanga qaytarish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Qabulda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati, M.Habibullaev olgan suratlar