Davlat xizmatlari markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi
2327
Bugun Xo'jayli tumaninda Davlat xizmatlari markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M. Kamalov yig'ilganlarni yangi binoning ochilishi bilan qizg'in tabriklab, yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni hayotga keng joriy qilish maqsadida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlarining fuqarolarga qulayliklar yaratishga e’tibor qaratib, ularning yashab turgan o'rinlarida, shuningdek olis hududlarda davlat xizmatlarini ko'rsatayotganligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Bugungi kunda tuman Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga 160 dan ortiq xizmat turlarini ko'rsatib kelmoqda.
Zamonaviy, eng so'nggi axborot-texnologiya vositalari bilan ta'minlangan bu binoda endi markaz xodimlari va fuqarolar uchun borcha qulayliklar yaratildi.
Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joiz, fuqarolarga qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, ularning vaqtini tejash maqsadida markaz binosiga Xalq qabulxonasi, tuman FHDYo bo'limi joylashtirilgan. Bu o'z navbatida fuqarolar uchun bitta erning o'zida bir nechta ishlarining bir vaqtda hal bo'lishiga imkoniyat yaratadi.











Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati