Jo'qorg'i Kenges Raisining O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi
1421
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalovning O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan tabriklab, O'zbekiston va xorijiy davlatlar o'rtasidagi strategik hamkorlik va o'zaro diplomatik aloqalar savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib, bu bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar o'zining ijobiy natijalarini berayotganligini ta'kidlab o'tdi.

O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilarining tashrifidan ko'zlangan maqsad Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishish, chet ellik sheriklarni jalb qilish orqali turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga ko'maklashish, xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qiziqishi bo'lgan loyiha tashabbuskorlariga amaliy yordam berish, ilmiy, texnik va boshqada yordam turlarini talab etadigan sohalarni o'rganish hisoblanadi.
Elchilarning tashrifi 15-dekabrga qadar davom etadi.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati