«XOShAMET-2021» mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
4426
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida «Xoshamet – 2021» yilning eng fidoyilarini mukofotlash marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Tadbirda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov co'zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e’tibor, ayniqsa Hurmatli Prezidentimizning yoshlarga alohida e’tibor qaratib, ularning teran bilim olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shug'ullanishi, chet tillarini o'rganishi, tadbirkorlikni yo'lga qo'yishi, eng asosiysi, har tomonlama sog'lom, barkamol bo'lib etishichi uchun g'amxo'rlik ko'rsatib kelayotganligini alohida takidlab o'tdi.
Undan so'ng, turli sohalarda fidoiylik ko'rsatib kelayotgan yoshlar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda o'rnak bo'lib kelayotgan davlat va jamoat boshqaruv organi vakillari 20 nominatsiya bo'yicha «Xoshamet – 2021» mukofati bilan taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati