«Kelajak liderlari» forumi bo'lib o'tdi
2232
Bugun «O'zbekiston Yoshlar forumi – 2021» haftaligi doirasida «Kelajak liderlari» forumi o'tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov so'zga chiqib, mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, kadrlar selektsiyasi orqali hududlarda yuqori darajadagi mutaxassis davlat fuqarolik xodimlarning toifasini va yangi avlodlar orasidan istiqbolli kadrlarning zaxirasini shakllantirishda «Kelajak liderlari» klubining o'rni aloxida ekanligini takidlab o'tdi. Kelajakda klub a'zolarining hamda yoshlarning o'z bilimi va salohiyati bilan yurtimizning rivojlanishiga munosib hissa qo'shishlariga ishonch bildirdi.
O'ndan so'ng o'zlarining tashabbus va g'oyalari bilan loyihalar ishlab chiqib, bir qator tanlovlarda g'olib bo'lgan, shu jumladan, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan ixtidorli yoshlar sertifikat va qimmat baho sovrinlar bilan mukofotlandi.
Tadbir davomida yoshlar o'zlarining tayyorlab kelgan biznes tashabbuslari, startaplari, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko'nikmalari bo'yicha loyihalarini tanishtirdi.





Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati