«Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni»ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi
2781
Milliy qora uylar, dehqonlarimizning fidoiylik mehnatini ulug'lovchi shiorlar bilan bezatilgan poytaxtimizdagi markaziy otchopar maydonida «Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni»ga bag'ishlanib bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M. Kamalov so'zga chiqib, yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi va Hurmatli Prezidentimizning qishloq xo'jaligi xodimlariga yo'llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyatini, shuningdek, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va diversifakciyalash, er-suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, fermer va klasterlarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlarni ta'kidlab o'tdi.
Bayram tomoshalari arqon tortishuv bellashuvi bilan boshlandi. Unda Chimboy tumani birinchi, Qo'ng'irot tumani ikkinchi, Sho'manoy tumanining jamoasi faxrli uchunchi o'rinlarni egallab, tashkilotchilar tomonidan baholi sovg'alar bilan taqdirlandi.
Bayram ishtrokchilarining e’tibori qurga qaratildi. Bir nechta vazn toifalarida polvonlar bellashuvi bo'lib o'tdi. Bosh sovrin uchun bellashuvga Xo'jayli tumanining polvoni Zarafatdin Turdimuratov va Sho'manoy tumanining polvoni Abdixalikov Miyirbek o'rtaga chiqdi. Bir-biriga munosib polvonlar bellashuvida Zarafatdin Turdimuratov g'alaba qozondi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov polvonga bosh sovrin - Lasetti «Djentra» avtomashinasining kalitini tantanali tarzda topshirdi.
Qo'chqorlar urushi ham tomoshabinlarda alohida qiziqish uyg'otdi.
Bundan so'ng ot sporti musobaqalari boshlandi «Qiz quvish», «Tanga olish» va bir, uch, besh, etti, o'n aylanishga otlar choptirildi. Unda Toshkent shahridan va respublikamizning barcha tumanlaridan kelgan chavandozlar tashkilotchilar tomonidan qo'yilgan qimmatbaho sovrinlar uchun bellashdi.

Ayniqsa, o'n aylanishga choptirilgan otlar barchaning e’tiborida bo'ldi. Aylanishda birinchi bo'lib kelgan toshkentli Avaz Hojining oti bosh sovrinni engib olib, Lasetti «Djentra» avtomashinasi bilan mukofotlandi. Keyingi sovrinli o'rinlarni egallagan chavandozlar ham qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandi. Jumladan, «Qiz quvish», «Tanga olish», «Ko'pkari» musobaqalarining g'oliblari aniqlanib, ularga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Bayram ishtrokchilariga dehqonlarimiz tomonidan etishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlariniing yarmarkasi, chevar oshpazlarimiz tayyorlagan turli taomlar taqdim qilindi. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari san’atkorlari ijrosidagi kontsert dasturi bayram ishtrokchilariga yuqori kayfiyat bag'ishladi. «Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni»ga bag'ishlab o'tkazilgan bayram xalq sayili bilan uzoq davom etti.












































Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati