Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma to'rtinchi sessiyasi haqida axborot
2139
20 dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati a'zolari, sektor va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, blogerlar, shuningdek, Jo'qorg'i Kengesning deputatlari ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov ochdi va boshqarib bordi.

Dastlab deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.
Sessiya majilisi kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni Qoraqalpog'iston Respublikasini 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yakunlari hamda 2022 yilga belgilangan rejalar haqida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining murojaati tinglandi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.

Sessiya kun tartibidan o'rin olgan masalalarning biri «Aholining bandligi to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi to'g'risida bo'ldi.
Bu masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasining raisi Dao'itbay Qurbaniyazov bayonot qildi.
Qonun loyihasi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari vaziri Yuldash Olimov so'zga chiqdi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.
Shuningdek, sessiya ishida Fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini, shu bilan birga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoyalashni amalga oshirishga oid faoliyati to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ma'muriy sudi axborotlari to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi.
Bu masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi boshlig'ining o'rinbosari Abilay Adilovning hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ma'muriy sudining boshlig'i Amir Nurlepesovning axborotlari tinglandi.
Deputatlar bu masala bo'yicha tegishli qaror qabul qildi.

Bundan so'ng Qoraqalpog'iston Respublikasining 2022 yilgi ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risidagi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqilib, bu bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi. Shuning bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining yigirma to'rtinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.
Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo'mita raisi Boriy Olixanov ishtirok etdi.















Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati