Kardiologiya markazida bepul operatsiyalar amalga oshirilmoqda
2001
Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari Nukus shahridagi Kardiologiya markazida o'ttizga yaqin operatsiyalarni amalga oshirish uchun keldi.
Mutaxassislar yurak-qon tomir kasalliklari bor bo'lgan bemorlarga yuqori texnologik usullar yordamida tekshirish, ya’ni koronaroangiografiya-yurak toj tarizli arteriyalarining toraygan bo'limlarini aniqlash, ularga stent o'rnatish amaliyotlarini o'rinlamoqda.
Bu amaliyotlar, asosan «temir daftar», «ayollar daftari»dagi va kam ta'minlangan bemorlarga davlat homiyligida bepul amalga oshirilmoqta. Bemorlarning ko'pchiligiga o'tkir miokard infarkti ta'sirida toraygan tomirlarga stent o'rnatish amaliyoti qilinyapti.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislarining yana bir guruhi Chimboy tumanida bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazib, yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirmoqda.




Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati