Qo'ng'irot tumani hokimi tayinlandi
4591
Bugun, 20-yanvar kuni xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashining navbatdan tashqari o'ttiz sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi.
Sessiya kun tartibida, Qo'ng'irot tumanining hokimi lavozimiga Madaminov Bekzod Baxodirovichni tayinlash masalasi ko'rib chiqildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi 81 moddasining 6 bandiga muvofiq, Qo'ng'irot tumanining hokimi lavozimiga Madaminov Bekzod Baxodirovich tayinlandi.
Sessiyada Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, Madaminov Bekzod Baxodirovich faoliyati davomida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha g'aznachilik boshqarmasining boshlig'i, Beruniy tumani bo'yicha g'aznachilik bo'limi boshlig'i, Beruniy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari kabi bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
U bugungi kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlab keldi.
Eslatib o'tamiz, shu kunga qadar Qo'ng'irot tumani hokimi lavozimida Q.Xalmuratov ishlagan edi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati