Ombudsmanning Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha xududiy vakili tanishtirildi
2343
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining kichik majlislar zalida videokonferents aloqa orqali majlis bo'lib o'tdi.
Majlisda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Qoraqalpog'iston Respublikasi sud boshliqlari, Prokuror, Ichki ishlar vaziri, shuningdek tegishli vazirliklar, shahar va tuman hokimliklari ishtirok etti.
Majlisni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov ochib berdi va boshqarib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni asosida Ombudsmanning o'rinlarda doimiy ishlovchi xududiy vakili lavozimi joriy etildi.
Majlisda Ombudsmanning Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha hududiy vakilini tanishtirish masalasi ko'rib chiqildi.
Kun tartibidagi masala bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova so'zga chiqib, Ombudsmanning xududiy vakili bo'lib tayinlangan Jengis Shlimbetovning mehnat faoliyati bilan tanishtirdi.

Mahalliy hokimiyat organlari, tegishli vazirlik va idoralar tarafidan Ombudsmanning xududiy vakili bilan hamkorlikda ishlarni tizimli yo'lga qo'yish bo'yicha kelgusi vazifalarga to'qtalib o'tdi.








Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining axborot xizmati