JO'QORG'I KENGES QO'MITA MAJLISIDA
1747
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasining videokonferentsaloqa tarzida majlisi bo'lib o'tdi. Unda Jo'qorg'i Kenges deputatlari, tegishli soha rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etti.
Majlisni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasi raisi D.Qurbaniyazov ochdi va boshqarib bordi.
Majlis kun tartibida «Nashrlik faoliyati to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun loyihasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi «2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikga erishish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning 2021-2022 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilishi bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisining axboroti, Maktabgacha ta'lim sohasini isloh qilish va rivojlantirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining hisoboti to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Barchamizga ma'lum, bugungi kunda yurtimizda Hurmatli Prezidentimizning rahbarligida noshirlik va matbaa sohasini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga, bosma mahsulotlariniing bozorini rivojlantirishga, xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitishga, ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, yoshlar orasida kitobxonlikni orttirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, Hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 16 martdagi «Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorining qabul qilinishi bu boradagi chora-tadbirlarning ko'lamini yangi bosqichlarga ko'tarmoqda.
Bugungi kunda harakatdagi «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi qonuni bundan deyarli 20 yil avval, ya’ni 2003 yilda qabul qilingan.
So'nggi yillardagi globallashuv jarayonlari va sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar bilan yangilanishlar, tegishli normativ-huquqiy bazaning borgan sari mustahkamlanib borayotganligi qonunchilikni yanada takomillashtirish zarurligini keltirib chiqarmoqda.
Shu bilan bir qatorda, noshirlik va matbaa sohasida hozirgi kundagi ishlarning sharoiti bosma va poligrafiya tashkilotlari orasida raqobat muhitini kuchaytirishni, mualliflik huquqi buzilishining oldini olish, sifatiz mahsulotlar ishlab chiqarilishin cheklov, darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalarni nashr qilish tartibini qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.
Shularni hisobga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasi tomonidan «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunining loyihasi ishlab chiqildi.
Bu tayyorlangan Qonun loyihasi to'g'risida kengroq tushintirish berish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Azamat Bekmuratov so'zga chiqdi.
Undan so'ng qonun loyihasi bo'yicha Jo'qorg'i Kenges deputati N.Matyakupova, «Bilim» nashryoti direktori M.Nizanov taklif va mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibidan o'rin olgan navbatdagi masala, ya’ni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi «2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikga erishish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning 2021-2022 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi M.Axmedovaning axboroti tinglandi.

Shuningdek, qo'mita majlisida Maktabgacha ta'lim sohasini isloh qilish va rivojlantirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining hisoboti haqidagi masala ko'rib chiqildi.
Bu masala bo'yicha Maktabgacha ta'lim vaziri J.Usnatdinovaning bayonoti tinglandi va sohada yuz berayotgan muammoli masalalar bo'yicha Jo'qorg'i Kenges deputatlari tomonidan berilgan savollarga javoblar beridi.
Majlis kun tartibiga qo'yilgan masalalar to'lig'i bilan ko'rib chiqilib, ularni Jo'qorg'i Kengesning navbatdagi sessiyasiga kiritish bo'yicha qarorlar qabul qilindi.












Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining axborot xizmati