Gemodializ markazining ochilishi bo'lib o'tdi
1801
Bugun poytaxtamizda Gemodializ markazining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov qatnashib, yig'ilganlarni markazning ochilishi bilan qizg'in qutlab, hurmatli Prezidentimizinng tibbiyotga bo'lgan alohida e’tibori natijasida sohada yuz berayotgan yangilanishlarni takidladi.
O'ndan so'ng Gemodializ markazining bosh direktori Vikram Vuppala so'zga chiqib, so'nggi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga o'zining ijobiy fikrini bildirdi.
Shuni ham alohida ta'kidlab utish joiz, bu markaz O'zbekistonda Hindiston davlati bilan davlat-hususiy cheriklik asosida eng birinchilardan bo'lib foydalanishga topshirilmoqda.
Bu yangi markaz qisqa vaqt ichida 985 ming dollar investitsiya kiritilishi hisobidan qurilib, zarur inventarlar bilan ta'minlandi.
Davlat-hususiy cheriklik asosida qurilgan markaz 34 koykadan iborat.
Bu erda 30 ga yaqin tajribali tibbiyot xodimlari ish bilan band bo'lib, kuniga 96 bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega.










Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining axborot xizmati