Nukus tumanida festival bo'lib o'tdi.
1758
Bugun Nukus tumanida «Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Samarqand viloyatining madaniyati va san’ati festivali o'tkazildi.
Festival doirasida Samarqand viloyati va tuman hokimligi bilan hamkorlikda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-konferentsiya, san’at ustalari va yozuvchi shoirlar bilan tuman yoshlarining uchrashuvlari, har xil sport musobaqalari va boshqa tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirda sportning kichik futbol turi bo'yicha «Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining kubogi» uchun mahalla yoshlari o'rtasida sport musobaqasi bo'lib o'tdi, unda tumandagi 10 ta mahalla yoshlaridan to'zilgan komandalar o'zaro bellashdi. Bellashuv yakunida 1-o'rinni «Oqmang'it» ovul fuqarolar yig'ini, 2-o'rinni «Qutanko'l» ovul fuqarolar yig'ini va 3-o'rinni «Qirantоv» ovul fuqarolar yig'ini komandalari egalladi.
«Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida o'tkazilgan festival doirasida gala-kontsert bo'lib o'tdi.
Unda dastlab, kun davomida o'tkazilgan tadbir ishtirokchilariga shuningdek, Jo'qorg'i Kenges Raisining kubogi uchun o'tkazilgan kichik futbol sport musobaqasi g'oliblariga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Samarqand viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasining san’at ustalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yig'ilganlarning nazariga taqdim qilindi.
Gala-kontsertda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov va Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ishtirok etdi.













