«Mening diyorim – mening Qoraqalpog'istonim» ko'rgazmasi Toshkentda
2294
Joriy yilning 19 apreldan 16 may kuniga qadar O'zbekiston san’at galereyasida «Mening diyorim – mening Qoraqalpog'istonim» nomli Qoraqalpoq rassomlarining ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
19-aprel kuni ko'rgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining qo'mita raisi
D. Qurbaniyazov so'zga chiqib, yig'ilganlarni ko'rgazmaning ochilish marosimi bilan qizg'in qutladi.
Ko'rgazma Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining qo'llab-quvvatlashi bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm va madaniy meros agentligi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, O'zbekiston San’at akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi, O'zbekiston san’at galereyasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Katta retrospektiv ko'rgazmada birinchi marta Qoraqalpog'istonli 58 ta rassomning 250 ga yaqin ijodi namoish etiladi.
Ko'rgazmada Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari R. Zarikeev ishtirok etdi.










