Deputatlarning «Muhim o'n kunligi»
1374
Joriy yilning 20-30 aprel kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining deputatlari, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashi deputatlari orasida «Muhim o'n kunlik» loyihasi o'tkazilmoqda. Loyiha doirasida deputatlar siyosiy partiya rahbarlari bilan kelishilgan grafik asosida o'zlari saylangan hududlarda o'z saylovchilari bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Mana shunday dastlabki uchrashuv Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga Beruniy tumanidan saylangan deputat Sayora Imamova o'zi saylangan hududida nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan fuqarolar holidan xabar olib, ularning muammolarini o'rgandi.
Shundan so'ng 53 sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida uchrashuv o'tkazib, saylovchilarning murojaatlarini tingladi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga ko'ra, «Toza nur» hududida yashovchi fuqarolar tomonidan ular yashayotgan manzilda elektr toki pastligi, ichki yo'llarning nasozligi, oqaba suv keladigan ariqlarning yo'qligi bildirildi.
Murojaat bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilib, muammolarning echimi bo'yicha yordam beriladigan bo'ldi. Navbatdagi uchrashuv o'rni «O'ndirish» manzili. Shu erdagi aholini ham ko'p yillardan buyon ichimlik suvi muammosi qiynaydi.
Bu hududning muammosi 2022-2024 yillarning dasturiga kiritilgan. Shunga qaramasdan xalqning suvsizlikdan qiynalib kelayotganligini inobatga olib, mutasaddi o'rinlarga muddatidan oldin suv quvurlarini tortib berishda amaliy yordam berishini so'rab deputatlik so'rovi yuboriladigan bo'ldi. Ushbu manzildagi yana bir murojaat «Yoshlar daftari»ga kiritilgan Doston Allamov tomonidan o'zini-o'zi band qilish uchun mul’titraktor olishda amaliy yordam so'raldi. Bu masala bo'yicha ham daputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilib, masalaning ijobiy hal bo'lishin ta'minlanishini bildirdi.
Jo'qorg'i Kenges deputati Murat Gaipovning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi Taxtako'pir tumanidagi «Maqpalko'l» va «Otako'l» qishloq fuqarolar yig'inlarida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda shu hududlardagi aholining murojatlari tinglandi va echimi bo'yicha tegishli sohalarga deputatlik so'rovlar yuborilib har bir murojaat nazoratga olinishini bildirdi.











