Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyatining delegatsiyasi safarda bo'ldi
1578
Joriy yilning 23-24 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Qoraqalpog'iston Respublikasiga bo'lgan tashrifi davomida belgilab bergan vazifalari asosida Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xalqning turmush darajisini yanada yaxshilashda amaliy yordam ko'rsatishga Surxondaryo viloyati biriktirilgan.
Joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligidagi delegatsiya a'zolari tumandagi amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Respublikamizga keldi.
Delegatsiya a'zolari Nukus xalqaro aeroportida Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov va Hukumat a'zolari tomonidan kutib olindi.
Respublikamizga kelgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Taxiatosh tumaninda tashkil etilgan viloyat shtabining faoliyati bilan tanishdi. Shtabda 2022-2024 yillarda Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirilib, yo'lga qo'yilayotgan loyihalar haqida prezentatsiyalar o'tkazildi.

O'ndan so'ng delegatsiya a'zolari Taxiatoshli nuroniylar va mahalla faollari bilan hamkorlikda yangidan tashkil etilayotgan «Yoshlar bog'i»ning loyihasi bilan tanishib, daraxt ekish aktsiyasini boshlab berdi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a'zolari tumandagi 1- va 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari va 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'ldi.
Maktablarda Qoraqalpog'istonli va Surxondaryoli o'quvchi yoshlar orasida «Besh tashabbus - besh imkoniyat» shiori asosida tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida Taxiatoshli o'quvchilarga 3000 ta kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining ishi, bu erda bolalarning tarbiyalanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga har xil o'yinchoqlar sovg'a qilindi.
Tadbir Qoraqalpog'iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati madaniyati xodimlarining gala - kontserti bilan yakunlandi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov, Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev ishtirok etdi.













