Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati
1788
Joriy yilning 28 aprel kunidan Evropa ittifoqi dalegatsiyasi elchi Sharlotta Adrian rahbarligidagi Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning O'zbekistondagi elchixonalari rahbarlari respublikamizda safarda bo'lmoqda.
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov delegatsiya a'zolarini qabul qildi.
Qabulda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov delegatsiya a'zolarini respublikamizga tashrifi bilan samimiy qutlab, O'zbekiston va Evropa Ittifoqi davlatlari o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sohalarda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, Orol dengizi fojiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun Ittifoqga a'zo davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni alohida takidlab o'tdi.

O'z navbatida elchi Sharlotta Adrian samimiylik bilan qabul qilgani uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisiga o'z minnadorchiligini bildirdi.

Qabuldan so'ng delegatsiya a'zolari bilan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining Press-konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
Unda Orolbo'yi hududida ekologik fojiya oqibatlarini yumshatish va yashil o'rmonzorlar bilan qoplamalar paydo qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, O'zbekistondagi BMT homiyligidagi Orol mintaqasi uchun ko'psheriklik trast jamg'armasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, Evropa Ittifoqi davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi masalalari bo'yicha sovol -javoblar bo'ldi.



















Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati