Xotira va qadrlash kuni nishonlandi
3154
Poytaxtimizda Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan G'alabaning 77 yilligi nishonlandi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov, respublika parlamenti va hukumati a'zolari, huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining, o'quv yurtlarining, jamoat tashkilotlarining rahbarlari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov, Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev va boshqa rasmiy vakillar harbiy orkestr musiqasi ostida haykal oldiga gulchambarlar qo'ydi.

Tadbirga vazirliklar va idoralar, o'quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, jangovar internatsionalistlar va faxriylar nomidan ham gulchambarlar qo'yildi.
Undan so'ng O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.









Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Axborot xizmati