Kasaba Uyushmalari kuni nishonlandi
2155
Bugun 11-noyabr – «Kasaba Uyushmalari kuni» munosabati bilan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev qantashib, yurtimizda inson qadri uchun tamoyili asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli reformalarga to‘xtalib o‘tdi va bugungi bayram munosabati bilan tabrikladi. Bundan so‘ng, Kasaba uyushma faollariga yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning obodon hayotin ta'minlash, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarin himoya qilishdagi faolligi, ularga barqaror mehnat sharoitini yaratish, shuningdek, bolalar dam olishlarini tashkil etishdagi xizmatlari uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining ko‘kirak nishonlari bilan maqtov yorliqlari topshirildi.
Shu bilan birga, »Eng yaxshi sektor rahbari», «Eng yaxshi mahalla rahbari», «Eng yaxshi hokim yordamchisi», «Eng yaxshi yoshlar etakchisi», «Eng yaxshi profilaktika inspektori» tanlovlarining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida munosib qatnashib kelgan faollarga sovg'alar topshirildi. Haqiyqatdan ham, bugungi kunda yurtimizda xaliqni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyo tajribasida uchramaydigan yangi tizim asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Sababi, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mehnat huquqlarini himoya qilishga, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, xalqimizning bandligini ta'minlashga va kambag'allikni qisqartishga katta e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Bayram tadbiri davomida madaniyat sohasi xodimlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.








