Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi
1101
Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi Prezident qarori (PQ-364-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi Qarorga ko‘ra, 2024–2026 yillarda quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshiriladi: 🔹mikromoliyalash bozori hajmini kamida 5 barobarga oshirish; 🔹mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorlarni qamrab olish; 🔹mikromoliya tashkilotlari resurs bazasida jismoniy shaxslardan jalb qilinadigan mablag'lar miqdorini 2 barobarga oshirish; 🔹mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali rasmiy daromadga ega bo‘lmagan 500 mingga yaqin shaxslarni o‘zini o‘zi band qilish va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish. 2024 yil 1 yanvardan: ➖mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi; ➖nobank kredit tashkilotlari aktsiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi; ➖mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag'larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi; ➖jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aktsiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aktsiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag'larini jalb etishga ruxsat beriladi; ➖mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi; ➖jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi. ❕Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi; ➖mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi; ➖tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo‘yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi. 2024 yil 1 aprelgacha mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan yangi mikromoliya tashkiloti tashkil etiladi. 2024 yil 1 yanvargacha mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.