QO'YQIRILGAN QAL’A
13073
Mil.av. IV asr – mil. IV asr
Qo'yqirilgan qal’a diametri 80m doira formasida qurilgan. O'rtada diametri 44,4m chamasidagi 2 qavatli inshoot bo'lgan. Arxeologik qazish ishlari o'rtadagi inshootning astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Tahminlarga ko'ra Fomalgaut yulduzi eng yorug' yulduz hisoblanib, Qo'yqirilgan qal’aning qurilishi ushbu astral simvolga bag'ishlangan. Fomalgaut arab tilida “Janubdagi baliqning og'zidan oqqan suvning oxiri» ma'nosini anglatadi, ya’ni suv stixiyasi bilan bog'liq bo'lgan. Qadimgi Xorazm dexqonchiligida suvga sig'inish (kult) katta ahamiyat kasb etgan.
Qo'yqirilgan qal’ada topilgan keramikadan odam haykalchalari formasida ishlangan ossuariylar O'zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.

