MIZDAXQON
6434
Arxeologik-arxitektura kompleksi. Mil. avv. IV asr – mil. XIV asr
Qadim Mizdaxqon arxeologik-arxitektura kompleksi 200 ga dan oshiq maydonda, Xo'jayli - Kuhna - Urganch (Turkmaniston) avtomobil yo'li bo'yida joylashgan.
Kompleksning asosiy qismlari Xo'jayli shahrining janubiy-g'arbida uchta tepalikda joylashgan. Kompleksga Gaur-Qal’a, Shamun-nabi, Nazlimxon Suluv, Xalifa Rajab maqbaralari kiradi. Arxeologik qazish ishlari davomida siyrak uchraydigan ossuar “qabristonlari”, tangalar, har xil ro'zg'or buyumlari, shisha, tilodan yuqori saviyada ishlangan buyumlar topildi.


