To'proqqal’a ko'lami 500x350 m. To'rt burchakli, qal’aning sirtidan o'r qozilgan, qo'rg'on devorlari bilan qurshalgan, ularning balandligi 8-9 m gacha etgan. Burchakda uch minorali saroy qad ko'tarib turgan.
Qal’a darvozasidan boshlangan ko'cha kal’ani ikiga bo'lib turgan, ko'chaning ikki atrofi mavzelarga (asosan hunarmandlar mavzelariga) bo'lingan bo'lib, uning bir bo'lagi ehrom inshootlari bilan to'la bo'lgan. Qal’a inshootlarining birida tilla yalatilgan bronzadan ishlangan bilakuzuk kiydirilgan tog' qo'chqorining shoxlari topilgan, uning atrofida siylov, mukofot yoki boshqa maqsadda keltirilgan ko'p sonli shisha idishlar, bezak buyumlari, alebastrdan ishlangan haykalchalar, devorga chizilgan rasmlar (raqsga tushayotgan niqoblilar), «Askarlar zali»da – askarlarning haykalchalari, «Podsholar zali»da esa – pishmagan loydan ishlangan podsholarning haykalchalari topildi.