KATTA GULDURSUN
4052
Qal’a mil.av. III–IV asrlar, mil. XII–XIII asrlar
Kata Guldursun – Qadim Xorazmning eng yirik chegara qal’alaridan hisoblanadi. Ko'lami 350x230 m teng bo'lgan maydonga ega. Ichida olib borilgan qazish ishlari vaqtida arxeologlar tomonidan qadim va o'rta asrlarga tegishli materiallar topildi: o'rta asrlarga tegishli sopol idishlar, bronzadan ishlangan bezak buyumlari, qadim va o'rta asrlarga tegishli tangalar. Bu tangalar bo'yicha qal’ada hayot 1220 yilargacha – ya’ni Muxamad Xorazmshox boshqargan davr, Chingisxon bosqinchiligiga qadar davom etgan.