To‘rtko‘l tumani hokimi tayinlandi
Bugun, 30-aprel kuni xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sessiyada To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.
Sessiyada Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz I.Xudaybergenov mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
Shuning bilan xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.