Quvayt davlatining tashqi beg‘araz mablag‘lari asosida bepul operatsiyalar o‘tkazilmoqda
Yurtimizda hurmatli Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan xalqaro grantlar va tashqi beg‘araz mablag‘larni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘yicha "Sog‘lomlashtirish oyligi" doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni yashash hududining o‘zida sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Quvayt davlatining tashqi beg‘araz mablag‘lari asosida Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya, Ko‘z mikroxirurgiyasi markazlarining mintaqaviy filiali va bolalar tibbiyot markazlarida - Quvayt davlatining "Al-amal" xalqaro jarrohlik guruhining shifokorlari kelib, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi va operatsiyalarni amalga oshirmoqda.