Bokschi qizimiz Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
350
Iordaniya davlatida sportning boks turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bokschimiz Ulbosin Jalg‘asbayeva yarim finalda ukrainalik raqibi ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘llanma olgan edi.
Chempionat bahslarida munosib ishtirok etgan bokschimiz finalda ringga ko‘tarilib, yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Chemnionlikka ozgina omad yetishmagan bo‘lsada, ko‘rsatgan yuqori natijasi bilan Ulbosin Jalg‘asbayeva Qoraqalpog‘iston boks tarixidan munosib o‘rin egalladi.