Xalqaro avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda
Respublikamiz hududidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanligini oshirish borasida Prezidentimizning qaror va farmonlari asosida bosqichma-bosqich rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi "2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 454-sonli qarori asosida A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo‘lining 698-723-km oralig‘ini rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Qurilish ishlari uchun 2025-yilga 71.2 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratilgan bo‘lib, avtomobil yo‘lining ushbu hududiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda 720-721-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, mazkur avtomobil yo‘lining 673-698 km oralig‘ini sementobeton qoplamaga o‘tkazish
bo‘yicha ishlar ham davom etmoqda.