Jo'qorg'i Kenges Raisi Bo'zatov tumanidagi mahallalarda aholi turmushini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Dastlab, O‘rmon xo‘jaligi yer maydonlari ko‘zdan kechirildi. «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va yashil belbog‘lar barpo etishda pitomniklarning o‘rni alohida ekani ta’kidlanib, ko‘chat tayyorlash ishlarini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan so'ng Jo'qorg'i Kenges Raisi «Qusxanatau» OFY hududidagi 1 kontur 1 mahsulot dasturi doirasida oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida tashkil etilgan kooperatsiya tomonidan yo'lga qo'yilgan kartoshka va mosh mahsulotlarini yetishtirish ishlari bilan tanishdi.
Tomorqalaridan mo'l hosil olayotgan «Bo'zatov» MFY hududi aholisi Jangeldiev Qalmambet, Baymuratov Sag'indiq va Jumanazarov Juginisning yer maydonlari va issiqxonalari ko'zdan kechirilib, ularning ishlari ko'pchilikka namuna bo'lishi kerakligi ta'kidlandi.
Erkindarya kanalidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan ko‘prik bo‘yicha muammoni bartaraf etish va fuqarolar uchun xavfsiz ko‘prik qurib berish, «Zarbdor» tajribasi asosida kanal bo‘yi xizmatini tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tuman markazida joylashgan Sport maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sportchi yoshlar bilan ham uchrashdi. Ular bilan yaqindan muloqot qildi.
Tumanni ko‘zdan kechirish davomida «Bo‘zatov» MFY hududidagi yangi qurilayotgan 5 qavatli turar joy qurilishi, bo‘sh turgan binoda yangidan ish boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan ishga tushirilgan mebel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bozor hududida aholiga va sotuvchilarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.