Jo‘qorg'i Kenges Raisi rahbarligida Kegeyli tumanini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Kegeyli tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalariga bag'ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda dastlab amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar natijalari, tumandagi investitsiya loyihalari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning oilalarida amalga oshirilayotgan ishlar ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlar chuqur muhokama qilinib, yo‘llarni ta'mirlash, ijtimoiy ob’ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish choralari ko‘rib chiqildi.
Respublika rahbari tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari, o‘z vazifasini bajarishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim muassasa rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga munosibligini o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.