Jo‘qorg'i Kenges Raisi Chimboy tumanida ko‘cha boshilari bilan uchrashdi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash borasida echimini kutayotgan masalalarni aniqlash va muammolarga echim topish bo‘yicha Chimboy tumanidagi ko‘cha boshilari, nuroniy-oqsoqollar bilan uchrashdi.
Unda dastlab Jo‘qorg'i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari haqida ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Prezidentimizning «Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar) larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g'risida»gi 132-sonli qarori qabul qilinib, shu asosda Chimboy tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, belgilangan vazifalar haqida keng tushuncha berildi.
O‘z navbatida, ko‘cha boshilari mamlakatimizda olib borilayotgan ezgu ishlar, ayniqsa, Qoraqalpog'istonga, shu jumladan, Chimboyga qaratilayotgan e’tibordan minnatdor ekanligini alohida tilga oldi.
Shu bilan birga, mahallalarni obod qilish, infratuzilma muammolarini hal etish va xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish borasida yana qilinishi lozim bo‘lgan qator dolzarb masalalarni ko‘tardi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi bu muammolarga kelgusida, albatta, echim topilishini va o‘zi shaxsiy nazoratga olishini bildirdi.