Chimboy tumanini obodonlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari keng turda muhokama qilindi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Chimboy tumanida respublika idora-tashkilotlari, tuman faollari ishtirokida majlis o‘tkazdi.
Majlisda dastlab, hurmatli Prezidentimizning PQ-132-sonli qarori bilan Chimboy tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar keng turda so‘z etildi.
Bundan so‘ng tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida bir qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, muammolarni hal etish maqsadida hurmatli Prezidentimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.
Ammo, shuncha imkoniyat berilganiga qaramasdan, ayrim joylarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, mahallalardagi ishlarning amalda bajarilishi, taqdim etilgan hisobotlarda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yilganligi, obodonlashtirish, fuqarolar bandligini ta'minlash borasidagi chora-tadbirlarning talab darajasida emasligi tanqid qilindi. Mas’ullar ogohlantirilib, ayrimlariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.