Jo‘qorg'i Kenges Raisi Chimboy tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi
312
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Chimboy tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab Jo‘qorg'i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog'istonga alohida e’tibori bilan qabul qilingan qaror va farmonlar asosida berilgan imtiyozlar, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar haqida keng turda ta'kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, ushbu imtiyozlardan samarali foydalanib, tumanda ish o‘rinlari yaratish, yangi tadbirkorlik quvvatlarini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yangi quvvatlarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolar, o‘z echimini kutayotgan masalalar tinglanib, echimini topish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.