Jo‘qorg'i Kenges Raisi rahbarligida Chimboy tumanida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari boshlandi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida Chimboy tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha tuman muassasa-tashkilotlari, mas’ullar ishtirokida katta harakat boshlandi.
Bunda yo‘l bo‘ylari va infratuzilma ob’ektlari atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish, xalqimizning er bilan ishlash madaniyatini oshirish va har bir oilaning tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bo‘yicha keng turda ta'kidlandi.
Atrof-muhit ozodaligini saqlash ishlari, ko‘chalar qiyofasini yaxshilash, eng asosiysi, «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» degan ezgu g'oya asosida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari har bir hududga, har bir mahallaga kirib borishi kerakligi alohida ta'kidlanib, vazifalar taqsimlandi.
Shundan so‘ng, Jo‘qorg'i Kenges Raisi Chimboy tumani dehqon bozori hududida yangidan qurilayotgan aholiga sifatli bozor xizmatini ko‘rsatish borasida barcha qulayliklarga ega yirik hajmli yopiq savdo kompleksi qurilishi jarayoni, shuningdek, tumanda olib borilayotgan yangi qurilish, rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda ob’ektda qurilish ishlari davom etmoqda. Jami 30 mlrd. so‘mlik loyiha doirasida ko‘p qavatli savdo majmuasi binosi, avtoturargoh va boshqa qulayliklar yaratiladi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi mutasaddilarga savdo majmuasi qurilishi ishlarini jadallashtirish va loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berdi.