Urush qatnashchilari va faxriylarning holidan xabar olinib, Prezident sovg'alari topshirildi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Qadirbay Narmanov va Mariya Ivanovna hamda front ortida mehnat qilgan Rao‘shan Samarkanova, taniqli davlat va jamoat arbobi, Mehnat Qahramoni Qallibek Kamalov xonadonida bo‘lib, bayram sovg'alarini topshirdi.
Faxriylar 9 may - Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 80 yilligi bilan samimiy tabriklandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, g'alabaga hissa qo‘shgan qahramonlar, front ortida xizmat qilgan faxriylar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilgan nuroniylarning ezgu ishlari doimo yodga olinib, ularga hurmat ko‘rsatilishi ta'kidlandi.
Prezidentimiz topshirig'i asosida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollar miqdorida bir martalik pul mukofoti, faxriylarga ham pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, Prezident sovg'alari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi, Vazirlar Kengashi, Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi, Nukus shahar hokimligi va bir qator tashkilotlar nomidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Albatta, jangchilarimiz va ular qatorida front ortida mehnat qilgan faxriylar, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan mehnat qahramonlarining jasoratli ishlari, ulkan ishonch va matonati bugungi va kelgusi avlodlar uchun ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.