Taxtako‘pirlik iste’dod egasi rasmiy ravishda "Ginnes" rekordchisi bo‘ldi
285
Taxtako‘pirlik Jansulыo‘ Tatlыmuratova o‘zining noyob iste’dodi bilan «Ginnes» rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Bu bo‘yicha tasdiqlovchi maxsus sertifikat Qoraqalpog'istonga olib kelindi va topshirildi.
Ma'lumot uchun, Jansulыo‘ Tatlыmuratova ikki yarim yoshidan boshlab sportning gimnastika turi bilan shug'ullanib kelmoqda. Yaqinda u takrorlanmas va murakkab tryuklarni amalga oshirib, «Ginnes rekordlari» kitobiga kiritilgan edi, shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan «O‘zbekiston Got Talent» iste’dodlar shousining super final bosqichida g'oliblikni qo‘lga kiritdi.